-asosiy sahifadan "Ro'yxatdan o`tish" tugmasini bosing!
- tugmani bosganingizdan so'ng quyidagi sahifaga o'tasiz, Ro'yxatdan o'tish qoidalari.
- Qoidalar bilan tanishib chiqganingizdan keyin, qoidalarga rozi bo'lsangiz davom etish uchun MEN USHBU QOIDALARGA ROZIMAN tugmasini bosing.
- Keyingi sahifada quyidagi formani to'ldirishingiz kerak bo'ladi.
Ushbu formada to'ldirish uchun
1. Foydalanuvchi ismi deyilgan joyga o'z ismingizni kiritishingiz kerak bo'ladi, agar forumda foydalanilayotgan ism bo'lsa, ismga qo'shimcha belgi kiritib davom etishingiz mumkin.
2. Email manzil: o'z email pochtangizni kiriting
3. Kalit so'zi: doimiy kirish uchun kerak bo'lgan kalit so'zini kiriting
4. Kalit so'zni takrorlang: Kalit so'zni takror yozing
5. Qur'oni Karimda nechta sura bor? - javobni son bilan kiriting
6. JO`NATMOQ tugmasini bosing
Jo`natmoq tugmasini bosganingizdan so'ng quyidagi xabar ko'rinishi kerak
Siz muvaffaqiyatli ro'yxatdan o'tganingizdan so'ng profilingiz forum qoidalariga zid bo'lmasa, 12 soat ichida muhtasibalar tomonidan faollashtiriladi
Qisqa vaqtdan so'ng forumning asosiy sahifasidan "Kirish" tugmasini bosish orqali forumga kirishingiz mumkin.