Sahifa 3 dan 7

Javob: Forumda amal qilish lozim bo'lgan qoidalar

Добавлено: 14 yan 2019, 06:55
Oisha
Post qilish qoidalariga qo'shimcha:
Faqat "rahmat", "omin", "mashaalloh" kabi so'zlardan iborat postlar qilmang. Shu bilan birga faqat smayliklardan iborat postlar ham e'tirozlarga sabab bo'lyapti. Masalan internet o'zi yaxshi ishlamayotgan vaqtda yoki sekin ishlaydigan joylarda bir amallab nima yozishibdi ekan deb sahifani ochishsa faqat bir so'zdan iborat yoki smaylik qo'yilgan post hafsalasi pir bo'lishiga sabab bo'ladi. Shularni o'rniga 👍tugmasidan foydalanish maqsadga muvofiq bo'lardi.

Javob: Forumda amal qilish lozim bo'lgan qoidalar

Добавлено: 16 yan 2019, 19:42
Ummu Moriya
👍дейилганида Поблагодарить назарда тутиляпти...

Javob: Forumda amal qilish lozim bo'lgan qoidalar

Добавлено: 26 yan 2019, 08:01
Adiba
Assalomu alaykum muhtarama opa singillar!

Forumdan foydalanishda ayrim qoidalarga nisbatan yanada e'tiborli bo'lish maqsadida ayrim bandlarni e'tiboringizga havola qilamiz.

Post qilish qoidalari:

1. Avval ko‘p muhokama qilingan mavzuni post qilmaslik uchun forumdagi mavzularni o’qib chiqish tavsiya qilinadi;

2. Forum «Izlash» imkoniyatiga ega – avvalgi muhokama qilingan mavzularni ko‘rish uchun ushbu imkoniyatdan foydalaning;

5. Mualliflik huquqiga rioya qiling. Post qilayotgan ma’lumotingiz o’zingizga tegishli bo’lmasa, muallifi va manbasini albatta kiriting;

7. Post qilishingizdan yoki yangi mavzu ochishingizdan avval bo‘lim sharhini o’qing, ya’ni mavzuga muvofiq bo‘limga post qiling; 

8. Ba’zi narsalarni takroran har xil bo‘limlarda post qilmang, ular o‘chirib tashlanadi;

12. Biror bir ma’lumot yoki mavzuni yolg’on ekanligini bilgan holda post qilmang;

14. Avvaldan muhokama qilinayotgan masala uchun yangi mavzu ochmang, bir masala yuzasidan bitta mavzuda muhokama olib boring;

15. Forumda ilmsiz holda va dalil isbotsiz fatvo berish, boshqa olimlarning fatvolarini tahlil qilish man qilinadi. Ammo mashhur olimlarning fatvolarini manbasini ko‘rsatgan holda post qilish mumkin;

19. Fikr va mulohazalaringizni erkin ifodalashlaringiz mumkin. Biz o’zimizda forum qoidalariga zid postlarni lozim topilsa hech qanday ogohlantirish va tushuntirishlarsiz o’chirib tashlash huquqini saqlab qolamiz.

Javob: Forumda amal qilish lozim bo'lgan qoidalar

Добавлено: 23 iyul 2019, 18:31
Муслима 2009
Ассалому алайкум. Ҳа ўқидим

Javob: Forumda amal qilish lozim bo'lgan qoidalar

Добавлено: 05 avg 2019, 09:16
Dilorom_ummu_Muhammad
Assalomu alaykum! Bir iltimosim bor edi, mumkin bo‘lsa.
Forum a’zolaridan shuni so‘ramoqchidimki, uzuuun postlarni yorqin ranglarda yozmasalar, deb. Boshqalarni bilmadimu, o‘qib bo‘lguncha ko‘zni qamashtirvorarkan.

Javob: Forumda amal qilish lozim bo'lgan qoidalar

Добавлено: 29 okt 2019, 01:06
Nodira_ali
Adiba opa shaxsiyga kelgan habarni ochsam mana bunday yozuv chiqyabdi : U vas net dostupa k chteniyu otlojennix lichnyx soobsheniy.

Javob: Forumda amal qilish lozim bo'lgan qoidalar

Добавлено: 29 okt 2019, 02:59
Adiba
Nodira_ali писал(а): Adiba opa shaxsiyga kelgan habarni ochsam mana bunday yozuv chiqyabdi : U vas net dostupa k chteniyu otlojennix lichnyx soobsheniy.
Eski xatlarni o'chirdizmi? 

Javob: Forumda amal qilish lozim bo'lgan qoidalar

Добавлено: 29 okt 2019, 05:04
Nodira_ali
Ha o'chirdim. O'rganib oldim. Rahmat 😘

Javob: Forumda amal qilish lozim bo'lgan qoidalar

Добавлено: 15 noy 2019, 17:37
Nodira_ali
Assalamu alaykum qaerga yozishni bilmadim. Adminoy opajonlar meni forum bilimdoni degan yozuvimni o'zgartirsa bo'ladimi. Oldin qanday bo'lsam shunday qolsa. Negadir har doim forumga kirganimda forum bilimdoniga ko'zim tushsa, o'zimni bunga loyiq deb bilmayman va vijdonim qiynaladi.

Javob: Forumda amal qilish lozim bo'lgan qoidalar

Добавлено: 15 noy 2019, 19:04
Barno
Ахаха 😄 Нодирахонум форум билмасвойларини форум билимдони деб а🙈Мен бир харакат килувдим узгартиришга ухшамаганди.форум билимдони, форум аълочиси, яна шунга ухшаш бир нарсаям бор эди.Шу уччаласидан бошкасига отмасдикан.

Javob: Forumda amal qilish lozim bo'lgan qoidalar

Добавлено: 16 noy 2019, 01:26
G.Nilufar
Nodira_ali писал(а): Assalamu alaykum qaerga yozishni bilmadim. Adminoy opajonlar meni forum bilimdoni degan yozuvimni o'zgartirsa bo'ladimi. Oldin qanday bo'lsam shunday qolsa. Negadir har doim forumga kirganimda forum bilimdoniga ko'zim tushsa, o'zimni bunga loyiq deb bilmayman va vijdonim qiynaladi.
Eeh Nodirajon bir boshqacha qizsizda 🤗
Siz bu nomga juda loyiqsiz inshaAlloh. Faqat "forum bilimdoni"  yoniga "hokirsorgina kamtarlik"ni ham qoshib qoyishlik kerak 😙

Javob: Forumda amal qilish lozim bo'lgan qoidalar

Добавлено: 16 noy 2019, 04:39
Nodira_ali
Barno писал(а): Ахаха 😄 Нодирахонум форум билмасвойларини форум билимдони деб а🙈Мен бир харакат килувдим узгартиришга ухшамаганди.форум билимдони, форум аълочиси, яна шунга ухшаш бир нарсаям бор эди.Шу уччаласидан бошкасига отмасдикан.
😄Men ham harakat qilib o'tkazalmadimda. Begoyim degani ham yahshiydi, lekin o'tkizolmadim.

Javob: Forumda amal qilish lozim bo'lgan qoidalar

Добавлено: 16 noy 2019, 04:45
Nodira_ali
G.Nilufar писал(а):
Nodira_ali писал(а): Assalamu alaykum qaerga yozishni bilmadim. Adminoy opajonlar meni forum bilimdoni degan yozuvimni o'zgartirsa bo'ladimi. Oldin qanday bo'lsam shunday qolsa. Negadir har doim forumga kirganimda forum bilimdoniga ko'zim tushsa, o'zimni bunga loyiq deb bilmayman va vijdonim qiynaladi.
Eeh Nodirajon bir boshqacha qizsizda 🤗
Siz bu nomga juda loyiqsiz inshaAlloh. Faqat "forum bilimdoni"  yoniga "hokirsorgina kamtarlik"ni ham qoshib qoyishlik kerak 😙
Samimiy fikrlariz uchun tashakkurlar aytaman sizga. Lekin forum bilimdoni bo'lishimga sabab bo'lgan tanlovni ko'pchilik biladi, ammo forumga yangi kirganlar bu tanlov sababligini bilishmaydi va judaa bilimdon deb o'ylashadida.lekin Barno opam aytganlariday bilmasvoyman da

Javob: Forumda amal qilish lozim bo'lgan qoidalar

Добавлено: 22 yan 2020, 08:33
Zaranur
Assalomu alaykum man yangi a'zoman. Hecham forumga kirishib keta olmayapman. Tushunmayapman shekilli. 

Javob: Forumda amal qilish lozim bo'lgan qoidalar

Добавлено: 22 yan 2020, 08:41
Samira
Zaranur писал(а): Assalomu alaykum man yangi a'zoman. Hecham forumga kirishib keta olmayapman. Tushunmayapman shekilli. 
Va aleykum assalom va rohmatullohi va barokatuxu xush kelibsiz safimizga INSHAALLOH tez orada kirishib ketasiz bu erda samimiy ilmli opajonlarimiz singiljonlarimiz bor ular yozgan maqolalarini o‘qib mazza qilasiz. Sizgayam manfaatli xayrli bo‘lsin 😘😘😘😘😘😘