- Bismillahir Rohmanir Rohiym!
Umumiy qoidalar:
1. Forumimiz musulmonlarni hidoyatga chorlash, iymonlashish, har xil fitnalardan ogoh bo‘lish va e’tiqodimizni mustahkamlash va dinda mo‘tadil yo‘l tutish tamoyillariga asoslangan;
2. Forum ishtirokchilaridan o’zaro suhbat davomida, bir-birlariga amri ma’ruf – nahiy munkar qilishlari, o‘zaro nasihat qilish davomida “Robbingning yo‘liga hikmat va yaxshi mav’iza ila da’vat qil. Va ular ila go‘zal uslubda munozara qil. Albatta, Robbing O’z yo‘lidan adashganlarni o‘ta bilguvchi va hidoyat topguvchilarni ham o‘ta bilguvchidir.” (16.125) oyati karima (ma’nosi) ga amal qilishlari talab qilinadi;
3. Bu forumda ahli sunna val jamoaning barcha mazhab vakillari ishtirok etishlari mumkin;
4. Forumda ishtirok etish jarayonida namunali xulq va til nafosatini saqlash lozim.