Sahifa 1 dan 7
Forumda amal qilish lozim bo'lgan qoidalar
Добавлено: 22 fel 2017, 09:04
Oisha
- Bismillahir Rohmanir Rohiym!
Shiorimiz: Ahli sunna va jamoa mazhabi asosida pok aqida va musaffo Islomga intilish, Qur’on va sunnatni o‘rganib amal qilish, islomiy ma’rifat taratish, salafi solih - ulug‘ mujtahidlarga ergashish, kengbag‘irlik va birodarlik ruhini tarqatish. Diniy savodsizlikni tugatish, ixtilof va firqachilikka barham berish, mutaassiblik va bid’at - xurofotlarni yo‘qotish.
Umumiy qoidalar:
1. Forumimiz musulmonlarni hidoyatga chorlash, iymonlashish, har xil fitnalardan ogoh bo‘lish va e’tiqodimizni mustahkamlash va dinda mo‘tadil yo‘l tutish tamoyillariga asoslangan;
2. Forum ishtirokchilaridan o’zaro suhbat davomida, bir-birlariga amri ma’ruf – nahiy munkar qilishlari, o‘zaro nasihat qilish davomida “Robbingning yo‘liga hikmat va yaxshi mav’iza ila da’vat qil. Va ular ila go‘zal uslubda munozara qil. Albatta, Robbing O’z yo‘lidan adashganlarni o‘ta bilguvchi va hidoyat topguvchilarni ham o‘ta bilguvchidir.” (16.125) oyati karima (ma’nosi) ga amal qilishlari talab qilinadi;
3. Bu forumda ahli sunna val jamoaning barcha mazhab vakillari ishtirok etishlari mumkin;
4. Forumda ishtirok etish jarayonida namunali xulq va til nafosatini saqlash lozim.
Asosiy qoidalar
Добавлено: 22 fel 2017, 09:07
Oisha
Asosiy qoidalar:
1. Bu muslimalar forumi, shu sababli Islom hurmat qilinishi shart, ya’ni Alloh subhanahu va taolo, barcha payg‘ambarlar (alayhimussalam), Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam, sahobalar roziyallohu anhum, salafi solihlar, barcha mazhab imomlari, mujtahid ulamolarni va ularga ergashgan olimlarni haqoratlash va behayo so‘zlarni ishlatish man etiladi;
2. Kufr, shirk va bid’atlarga yetaklovchi g’oyalarni targ’ib qilish man qilinadi;
3. Forumda oshkora va maxfiy ravishda bid’atlarga asoslangan manhajlar, tariqatlar, sektalar, firqalar, hizblarning mafkuralarini targ’ib qilish man qilinadi;
4. Forum postlari, avatar, imzolarda tuhmat, bo’hton, g’iybat, kamsitish, tahqirlovchi, tahdid soluvchi hamda behayo mulohazalar qabul qilinmaydi. O’zini shu asnoda tutadigan ishtirokchilarning mulohazalari o’chiriladi va kelajakda forumda qatnashish huquqidan mahrum qilinadi, boshqa ism(nik) bilan qatnashmasligini ta’minlashga harakat qilinadi;
5. Islomga qarshi bo’lgan va Islom dushmanlarining saytlarini va undagi ma’lumotlarni forumga joylash man qilinadi. Sayt reklamalarini tahrir qilish huquqi forum muhtasiblarida qoladi;
6. Biz faol va madaniyatli muhokama va bahslarni qo’llab quvvatlaymiz, shunga qaramay, ba’zi sabablarga ko’ra, munozarani chegaralash va berkitish huquqi o’zimizda qoladi;
7. Muhtasiblar foydalanuvchilarni forumdan chetlashtirishda qoidadan tashqariga chiqmaydilar.
8. Foydalanuvchilar haqida istalgan shaxsiy ma’lumot uning rozligisiz e’lon qilinishi mumkin emas.
Post qilish qoidalari
Добавлено: 22 fel 2017, 09:15
Oisha
Post qilish qoidalari:
1. Avval ko‘p muhokama qilingan mavzuni post qilmaslik uchun forumdagi mavzularni o’qib chiqish tavsiya qilinadi;
2. Forum «Izlash» imkoniyatiga ega – avvalgi muhokama qilingan mavzularni ko‘rish uchun ushbu imkoniyatdan foydalaning;
3. Islom odoblariga rioya qiling (bir biringizga xolis munosabatda bo‘ling).
4. Postlarni yuborishingizdan avval yaxshilab o‘ylab qayta o‘qib chiqing. Kerak bo’lsa tahrir yoki o’chirish imkoniyatidan foydalaning;*
5. Mualliflik huquqiga rioya qiling. Post qilayotgan ma’lumotingiz o’zingizga tegishli bo’lmasa, muallifi va manbasini albatta kiriting;
6. Hazil qilmoqchi bo’lsangiz boshqalar noto’g’ri tushunib qolmasliklariga amin bo’ling va shariat doirasidan chiqib ketmang.
7. Post qilishingizdan yoki yangi mavzu ochishingizdan avval bo‘lim sharhini o’qing, ya’ni mavzuga muvofiq bo‘limga post qiling;
8. Ba’zi narsalarni takroran har xil bo‘limlarda post qilmang, ular o‘chirib tashlanadi.
9. A’zolar normal shriftdan foydalanishlari, smayliklarni, katta kichik, rangli matnlarni haddan ortiq miqdorda ishlatmasliklari, shuningdek imlo qoidalariga e’tibor berishlari zarur.
10. Forumdagi barcha fikr va mulohazalar ularning mualliflariga tegishlidir va faqat mualliflargina o‘z postlariga javobgardirlar; Hech bir shart va sabablar bilan forum muhtasiblari post mualliflari fikrlari uchun mukallaf qilinishlari mumkin emas;
11. Xabar muallifining qarashlarini ifodalovchi xabarlar, forum qarashlariga mos kelmasligi mumkin. Postlarda qarshilikni sezgan foydalanuvchilar muhtasiblarga email yoki shaxsiy xabar orqali bog’lanishlari yoki xabar haqida forumda arz qilishlari mumkin;
12. Biror bir ma’lumot yoki mavzuni yolg’on ekanligini bilgan holda post qilmang;
13. Butun post matnida faqat katta harflarni ishlatish taqiqlanadi, bu boshqalarga «qattiq gapirish, baqirish» deb hisoblanadi, lekin postdagi ba’zi so’z yoki iboralarni ajratib ko’rsatish, urg’u berish uchun katta harflardan foydalanishingiz mumkin;
14. Avvaldan muhokama qilinayotgan masala uchun yangi mavzu ochmang, bir masala yuzasidan bitta mavzuda muhokama olib boring;
15. Forumda ilmsiz holda va dalil isbotsiz fatvo berish, boshqa olimlarning fatvolarini tahlil qilish man qilinadi. Ammo mashhur olimlarning fatvolarini manbasini ko‘rsatgan holda post qilish mumkin;
16. Forumda bir necha ismlardan foydalanib, bir emas balki boshqa-boshqa inson degan fikrni yuzaga keltirish, yolg’on hisoblanadi va bunday ishtirokchi forumdan chetlatiladi;
17. Forumda ishtirokchilar bilan urishish-janjallashish man qilinadi;
18. Agar ishtirokchilardan qaysi biri ushbu qoidalarga sovuqqonlik bilan qarayotgani sezilsa, ko‘pi bilan uch marotaba ogohlantiriladi, keyin forumdan chetlashtiriladi;
19. Fikr va mulohazalaringizni erkin ifodalashlaringiz mumkin. Biz o’zimizda forum qoidalariga zid postlarni lozim topilsa hech qanday ogohlantirish va tushuntirishlarsiz o’chirib tashlash huquqini saqlab qolamiz;
20. Forumdan kimnidir chetlatish ikki muhtasibning taklifi bilan amalga oshiriladi;
Eslatma:
Ushbu qoidalar to‘liq emas va istalgan vaqtda o‘zgartirilishi mumkin. Shuning uchun ushbu qoidalarni muntazam ravishda ko‘rib turishingizni so’raymiz.
*avvalgi forumimizda uchragan eng ko'p xatoliklar tagiga chizib ko'rsatildi
Javob: Forumda amal qilish lozim bo'lgan qoidalar
Добавлено: 02 noy 2017, 05:25
Gulshoda
Assalomu alaykum. Forum foydalanuvchilari, iltimos, avval boshqa joyda qo'yilgan ma'lumotlarni qo'ymasangiz. Iloji boricha shaxsiy fikr-mulohazalar, tajribalaringizni o'rtoqlashsangiz.
Javob: Forumda amal qilish lozim bo'lgan qoidalar
Добавлено: 24 noy 2017, 04:53
Oisha
Assalomu alaykum!
Qoidalar bilan tanishib chiqdinglarmi, qizlar?

Bo‘lim va mavzular bilan tanishib chiqib, mos mavzuga post qilamiz-a?

Javob: Post qilish qoidalari
Добавлено: 10 apr 2018, 07:08
Oisha
Oisha писал(а):

Добавлено: 10 apr 2018, 07:09
Oisha
Gulshoda писал(а):
Assalomu alaykum. Forum foydalanuvchilari, iltimos, avval boshqa joyda qo'yilgan ma'lumotlarni qo'ymasangiz. Iloji boricha shaxsiy fikr-mulohazalar, tajribalaringizni o'rtoqlashsangiz.
Javob: Forumda amal qilish lozim bo'lgan qoidalar
Добавлено: 10 apr 2018, 07:22
Oisha
Shu yuqoridagi ikki postni o‘qiganlar o‘qiganinglar haqida

ni bosib yoki post qoldirib bildirib qo‘yinglar..
Javob: Forumda amal qilish lozim bo'lgan qoidalar
Добавлено: 10 apr 2018, 08:21
Маъмурахон
O’qib Chiqtik

Javob: Forumda amal qilish lozim bo'lgan qoidalar
Добавлено: 10 apr 2018, 11:47
Baxtixon
Javob: Forumda amal qilish lozim bo'lgan qoidalar
Добавлено: 10 apr 2018, 13:35
Baxtixon
[quote="Adiba"]
[quote="Baxtixon"]
O'qib chiqdik

[/quote]
Baxtixon opa nega hafa bo'lgan smaylik ))
[/quote]
Ahir o'zimga tegishli joylari ham borga o'xshadi-da

Javob: Forumda amal qilish lozim bo'lgan qoidalar
Добавлено: 12 apr 2018, 05:29
Roziyaxon Yahyo
O'qidim:):(
Javob: Forumda amal qilish lozim bo'lgan qoidalar
Добавлено: 07 may 2018, 08:30
Маъмурахон
Assalomu alaykum
Iltimosim hamma forum faollariga iltimos iqtibos omelar yoki iqtibos oganilarda sal hajmini ixchamlelar ( postni boshidan 1,2qatorini qoldirib qoganini вырезат qilib kn post qoldirilar kompdan kiradigonlar uchun bilmadim balki bilinmas teldan kirganda iqtibosdan postga yetib borguncha

bazi mavzularda umuman hamma pastlar iqtibosli
Keyin adminoylardanam iltimodim balki texniklar shuni sal qulayroq qilishnii ilojini bilishar
Hech kimni xafa qilish niyatida yozmadim iltimos to’g’ri tushinasilar degan umitdaman

Javob: Forumda amal qilish lozim bo'lgan qoidalar
Добавлено: 07 may 2018, 14:52
Ummu Moriya
Иктибос нима эди?
Javob: Forumda amal qilish lozim bo'lgan qoidalar
Добавлено: 07 may 2018, 14:53
Zulfiyaxon
Manam shu savolni bermoqchidim😇