"Ифторликда меҳмон кутиш одоблари" (Танловга юборилган мақолалардан)

Forumda amal qilish lozim bo'lgan muhim tartib va qoidalar
Foydalanuvchi avatari
Adiba
Boshqaruv maslahatchisi
Postlar: 2024
Ro’yxatdan o’tgan: 27 fel 2017, 13:38
Благодарил (а): 6 раз
Поблагодарили: 114 раз

"Ифторликда меҳмон кутиш одоблари" (Танловга юборилган мақолалардан)

Post Adiba » 24 apr 2022, 08:31

Bismillahir Rohmanir Rohiym
Ramazon oyining shukuhli kunlariga yetgazganiga Buyuk Alloh taologa behisob hamd-u sanolar, shukronalar bo'lsin!
Ikki olam sarvari Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vassalamga, ularning ahli ayyolari va sahobalariga  salom va salavotlar, rahmat va barokatlar bo'lsin!
   Ramazon - fayz-baraka, rahmat va mag'firatlar oyi. Uning fayzli kunlarida iftorlikda mehmon kutishning gashti esa boshqacha. Shu o'rinda, mehmonlarni kutib olar ekanmiz ochiq chehra va tabassum bilan, shirin so'z va hurmat bilan kutib olish lozim. Zero, Abu Hurayra roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda Rasululloh sollahu alayhi vasallam: "Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo'lsa, mehmonini ikrom qilsin", - deganlar.
  Mehmon kutish Payg'ambarlar sunnatidir chunki bunda eng avvalo silai rahm, mehr-oqibat mustahkamlanadi. Agarda uzoq muddat intiqlik bilan kutgan insonimiz tashrif buyurar ekan, ular bilan shukronalik ila dasturxon atrofida jam bo'lar ekanmiz, bu qaysidir ma'noda insonga ruhan ko'tarinkilik beradi, xursandligimizdan jo'shib ketamiz, ularni imkonimiz boricha o'zgacha kutib olishga harakat qilamiz.
   Ramazon oyida ro'za tutish har bir mo'min-musulmonga farzdir. Ro'zadorga iftorlik qilib berish esa, savobli amallardandir. Rivoyat qilingan hadislarning birida Nabiy sollallohu alayhi vassalam: "Kim ro'zadorni iftor qildirsa, unga uning ajri kabi ajr bo'lur. Shu bilan birga ro'zadorning ajridan hech bir narsa kam bo'lmas", - dedilar (Termiziy va Ahmad rivoyat qilganlar). Bu hadisdan albatta, bu amalning qanchalar savobi ulug' ekaniga amin bo'lamiz.
   Shuni ta'kidlash joizki, iftorlikda taomlarni dasturxonga tortar ekanmiz, e'tibor qaratish kerak bo'lgan jihatlar ham bor. Eng avvalo, har narsada me'yor bo'lgani yaxshi deganlariday, isrofgarchilikdan yiroq bo'lishimiz, manmanlik bilan, maqtov eshitish niyatida bu ishni qilishdan va riyodan saqlanmog'imiz lozim. Axir, ro'zadorga iftorlik savob umidida, holis Alloh roziligi uchun qilinadi. Yana iftorlikda mehmon kutishni to'g'ri tashkillashtirishda e'tibor qaratish lozim bo'lgan jihat bu - taomdir. Taom halol, to'yimli va mazali bo'lishi bilan birga yengil hazm bo'lishi kerak chunki kun bo'yi tuz totmay yurgan inson, birdaniga og'ir taomlarni iste'mol qilsa, tabiiyki noqulayliklar yuzaga keladi. Zero, ulamolarimiz ta'kidlaganlaridek, ko'p taomlanish insonni tetikligini ketkazadi. Buning natijasida esa ibodatlarimizni ko'ngildagidek qila olmasligimiz mumkin.
   Iftorlikda mehmon kutishning afzal jihatlaridan biri esa, bu - duolar qabul bo'ladigan paytda birga, bir dasturxon atrofida go'zal duolar ila ibodatda bo'lishdir. Mag'firat oyi bo'lmish Ramazon kunlarida Alloh roziligi yo'lida yetim, imkoniyati og'ir, nochor insonlarga iftorlik qilib berishning savobi esa, albattaki ulug'. Shunday ekan bu rahmat oyida bizga berilgan sanog'iga yetib bo'lmas imkoniyatlardan unumli foydalanib, uning hayr-u- barakasi va savoblari har birimizga nasib etishi tilakdoshiman! Barchamizga Mohi Ramazon muborak bo'lsin. 

Tayyorladi: Mahmudova Rushana
Foydalanilgan manbalar:
1. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining "Ijtimoiy odoblar" nomli kitoblari.
2. Islom.uz rasmiy kanali.

Hozir forumda online foydalanuvchilar

Hozir forumda: ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchi yo’q va 2 mehmon