"Ифторликда меҳмон кутиш одоблари" (Танловга юборилган шеър)

Forumda amal qilish lozim bo'lgan muhim tartib va qoidalar
Foydalanuvchi avatari
Adiba
Администратор
Postlar: 2001
Ro’yxatdan o’tgan: 27 fel 2017, 13:38
Благодарил (а): 6 раз
Поблагодарили: 110 раз

"Ифторликда меҳмон кутиш одоблари" (Танловга юборилган шеър)

Post Adiba » 24 apr 2022, 08:37

Iftorlik (“Iftorlikda mehmon kutish odobi”)
 
Qalbda xursandchilik bor
Shomga aytilsa azon.
Keldi shukuh,zavq ila
Ramazonim, Ramazon.
Haq bergan sabri bilan
Oʻtdi kunduz  yarim kun.
Endi shaylanamiz biz
Kechgi iftorlik uchun.
Alhamdulillah Robbim,
Ochlik-quvonch bag'sh etar!
Sahargi bir kosa suv
Bir butun kunga yetar.
Charchash yoʻqmi, muslimam?
Keling qilamiz iftor!
Birga ogʻiz ochamiz,
Ahir gʻanimat diydor.
Ana aytildi azon
Qoʻlni oching duoga.
Bismillah deb boshlaymiz
Hamdlar boʻlsin Xudoga.
Zamzam suvidan oling,
Oling bu asal-boldan.
Xurmo ham ajib ne'mat,
Mana yana nisholda.
Oʻqib olamiz endi
Kechga qolmasin namoz.
Ahir namoz  jismga
Dam beradiku biroz.
Namozdan soʻng sal oʻtib
Yengil taomlanamiz.
Toʻlib qolmasin koʻp yeb
 "Qorin taomxonamiz".
Isrofdan biz qochamiz
Muvofiq bu sunnatga.
Uvolgarchilik zero
Yarashmaydi ummatga.
Soʻngra to sahar qadar
Keling qilamiz toat.
Bois Ramazon-aziz,
Azizdir har bir soat.
Xufton, tarovehdan soʻng
Qilamiz hamd-zikrni.
Qur'onlarni oʻqiymiz
Chalg'itmaymiz fikrni.
Birozgina tin oling
Yana tahajjudgacha.
Keyin saharlanamiz
Ahir vaqt qolar qancha?
Eh birodar mo'minam,
Bu qanchalar lazzatda!
Shunday birga jam boʻlish
Nasib etsin jannatda!
Oʻtiraylik jannatning
So'risida toʻlishib.
Oʻtgan dunyo hayotin
Eslaylik biz kulishib.
Alhamdulillah Robbim,
Bergan noz-ne'matingga.
Shu neʼmat quvvat boʻlsin
Bu muqarrar haq dinga.
Dedilar Habib sarvar:
"Ro‘za tutsa ro‘zador
Shunday holat bo‘ladi
Xursand bo‘lar ikki bor.
Biri og‘iz ochganda
Quvonar iftor qila
Ikkinchisi Allohga
Boqsa yorug‘ yuz ila"
Allohim shod aylagin
Rosul aytgan singari.
Amallarni etgin qabul
Ixlosli bo‘lsin bari.
Qolmasin, bardavom et
Ro‘za, zikr, namozin
Barcha amal, ey Alloh
Qilsin o‘zingni rozi.
Har damgidanda kuchli
Yangrar shirin bir azon.
Robbim hech tugamasin,
Sening oying-Ramazon!
Robbim zoye ketmasin
Ramazonning har oni.
Ahir g‘animat lahza
U - oylarning Sultoni!

(Toshkent shahri, Dadamirzayeva Durdona)

Foydalanuvchi avatari
Safinur_aziz
Postlar: 19
Ro’yxatdan o’tgan: 15 fel 2022, 09:23
Благодарил (а): 2 раза

Javob: "Ифторликда меҳмон кутиш одоблари" (Танловга юборилган шеър)

Post Safinur_aziz » 25 apr 2022, 13:37

Mashaalloh 🌹🌹🌹🌹🌹
Zikr qilguvchi til, shukr qilguvchi qalb bergin yo robbim......

Javob yo’llash

Hozir forumda online foydalanuvchilar

Hozir forumda: ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchi yo’q va 2 mehmon