Forumda amal qilish lozim bo'lgan qoidalar

Forumda amal qilish lozim bo'lgan muhim tartib va qoidalar
Foydalanuvchi avatari
Oisha
Администратор
Postlar: 314
Ro’yxatdan o’tgan: 01 fel 2017, 06:42
Поблагодарили: 1 раз

Forumda amal qilish lozim bo'lgan qoidalar

Post Oisha » 22 fel 2017, 09:04

  • Bismillahir Rohmanir Rohiym!
Shiorimiz: Ahli sunna va jamoa mazhabi asosida pok aqida va musaffo Islomga intilish, Qur’on va sunnatni o‘rganib amal qilish, islomiy ma’rifat taratish, salafi solih - ulug‘ mujtahidlarga ergashish, kengbag‘irlik va birodarlik ruhini tarqatish. Diniy savodsizlikni tugatish, ixtilof va firqachilikka barham berish, mutaassiblik va bid’at - xurofotlarni yo‘qotish.

Umumiy qoidalar:

1. Forumimiz musulmonlarni hidoyatga chorlash, iymonlashish, har xil fitnalardan ogoh bo‘lish va e’tiqodimizni mustahkamlash va dinda mo‘tadil yo‘l tutish tamoyillariga asoslangan;
2. Forum ishtirokchilaridan o’zaro suhbat davomida, bir-birlariga amri ma’ruf – nahiy munkar qilishlari, o‘zaro nasihat qilish davomida “Robbingning yo‘liga hikmat va yaxshi mav’iza ila da’vat qil. Va ular ila go‘zal uslubda munozara qil. Albatta, Robbing O’z yo‘lidan adashganlarni o‘ta bilguvchi va hidoyat topguvchilarni ham o‘ta bilguvchidir.” (16.125) oyati karima (ma’nosi) ga amal qilishlari talab qilinadi;
3. Bu forumda ahli sunna val jamoaning barcha mazhab vakillari ishtirok etishlari mumkin;
4. Forumda ishtirok etish jarayonida namunali xulq va til nafosatini saqlash lozim.
Rasm

Foydalanuvchi avatari
Oisha
Администратор
Postlar: 314
Ro’yxatdan o’tgan: 01 fel 2017, 06:42
Поблагодарили: 1 раз

Asosiy qoidalar

Post Oisha » 22 fel 2017, 09:07

Asosiy qoidalar:

1. Bu muslimalar forumi, shu sababli Islom hurmat qilinishi shart, ya’ni Alloh subhanahu va taolo, barcha payg‘ambarlar (alayhimussalam), Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam, sahobalar roziyallohu anhum, salafi solihlar, barcha mazhab imomlari, mujtahid ulamolarni va ularga ergashgan olimlarni haqoratlash va behayo so‘zlarni ishlatish man etiladi;
2. Kufr, shirk va bid’atlarga yetaklovchi g’oyalarni targ’ib qilish man qilinadi;
3. Forumda oshkora va maxfiy ravishda bid’atlarga asoslangan manhajlar, tariqatlar, sektalar, firqalar, hizblarning mafkuralarini targ’ib qilish man qilinadi;
4. Forum postlari, avatar, imzolarda tuhmat, bo’hton, g’iybat, kamsitish, tahqirlovchi, tahdid soluvchi hamda behayo mulohazalar qabul qilinmaydi. O’zini shu asnoda tutadigan ishtirokchilarning mulohazalari o’chiriladi va kelajakda forumda qatnashish huquqidan mahrum qilinadi, boshqa ism(nik) bilan qatnashmasligini ta’minlashga harakat qilinadi;
5. Islomga qarshi bo’lgan va Islom dushmanlarining saytlarini va undagi ma’lumotlarni forumga joylash man qilinadi. Sayt reklamalarini tahrir qilish huquqi forum muhtasiblarida qoladi;
6. Biz faol va madaniyatli muhokama va bahslarni qo’llab quvvatlaymiz, shunga qaramay, ba’zi sabablarga ko’ra, munozarani chegaralash va berkitish huquqi o’zimizda qoladi;
7. Muhtasiblar foydalanuvchilarni forumdan chetlashtirishda qoidadan tashqariga chiqmaydilar.
8. Foydalanuvchilar haqida istalgan shaxsiy ma’lumot uning rozligisiz e’lon qilinishi mumkin emas.
Rasm

Foydalanuvchi avatari
Oisha
Администратор
Postlar: 314
Ro’yxatdan o’tgan: 01 fel 2017, 06:42
Поблагодарили: 1 раз

Post qilish qoidalari

Post Oisha » 22 fel 2017, 09:15

Post qilish qoidalari:

1. Avval ko‘p muhokama qilingan mavzuni post qilmaslik uchun forumdagi mavzularni o’qib chiqish tavsiya qilinadi;
2. Forum «Izlash» imkoniyatiga ega – avvalgi muhokama qilingan mavzularni ko‘rish uchun ushbu imkoniyatdan foydalaning;
3. Islom odoblariga rioya qiling (bir biringizga xolis munosabatda bo‘ling).
4. Postlarni yuborishingizdan avval yaxshilab o‘ylab qayta o‘qib chiqing. Kerak bo’lsa tahrir yoki o’chirish imkoniyatidan foydalaning;*
5. Mualliflik huquqiga rioya qiling. Post qilayotgan ma’lumotingiz o’zingizga tegishli bo’lmasa, muallifi va manbasini albatta kiriting;
6. Hazil qilmoqchi bo’lsangiz boshqalar noto’g’ri tushunib qolmasliklariga amin bo’ling va shariat doirasidan chiqib ketmang.
7. Post qilishingizdan yoki yangi mavzu ochishingizdan avval bo‘lim sharhini o’qing, ya’ni mavzuga muvofiq bo‘limga post qiling;
8. Ba’zi narsalarni takroran har xil bo‘limlarda post qilmang, ular o‘chirib tashlanadi.
9. A’zolar normal shriftdan foydalanishlari, smayliklarni, katta kichik, rangli matnlarni haddan ortiq miqdorda ishlatmasliklari, shuningdek imlo qoidalariga e’tibor berishlari zarur.
10. Forumdagi barcha fikr va mulohazalar ularning mualliflariga tegishlidir va faqat mualliflargina o‘z postlariga javobgardirlar; Hech bir shart va sabablar bilan forum muhtasiblari post mualliflari fikrlari uchun mukallaf qilinishlari mumkin emas;
11. Xabar muallifining qarashlarini ifodalovchi xabarlar, forum qarashlariga mos kelmasligi mumkin. Postlarda qarshilikni sezgan foydalanuvchilar muhtasiblarga email yoki shaxsiy xabar orqali bog’lanishlari yoki xabar haqida forumda arz qilishlari mumkin;
12. Biror bir ma’lumot yoki mavzuni yolg’on ekanligini bilgan holda post qilmang;
13. Butun post matnida faqat katta harflarni ishlatish taqiqlanadi, bu boshqalarga «qattiq gapirish, baqirish» deb hisoblanadi, lekin postdagi ba’zi so’z yoki iboralarni ajratib ko’rsatish, urg’u berish uchun katta harflardan foydalanishingiz mumkin;
14. Avvaldan muhokama qilinayotgan masala uchun yangi mavzu ochmang, bir masala yuzasidan bitta mavzuda muhokama olib boring;
15. Forumda ilmsiz holda va dalil isbotsiz fatvo berish, boshqa olimlarning fatvolarini tahlil qilish man qilinadi. Ammo mashhur olimlarning fatvolarini manbasini ko‘rsatgan holda post qilish mumkin;
16. Forumda bir necha ismlardan foydalanib, bir emas balki boshqa-boshqa inson degan fikrni yuzaga keltirish, yolg’on hisoblanadi va bunday ishtirokchi forumdan chetlatiladi;
17. Forumda ishtirokchilar bilan urishish-janjallashish man qilinadi;
18. Agar ishtirokchilardan qaysi biri ushbu qoidalarga sovuqqonlik bilan qarayotgani sezilsa, ko‘pi bilan uch marotaba ogohlantiriladi, keyin forumdan chetlashtiriladi;
19. Fikr va mulohazalaringizni erkin ifodalashlaringiz mumkin. Biz o’zimizda forum qoidalariga zid postlarni lozim topilsa hech qanday ogohlantirish va tushuntirishlarsiz o’chirib tashlash huquqini saqlab qolamiz;
20. Forumdan kimnidir chetlatish ikki muhtasibning taklifi bilan amalga oshiriladi;


Eslatma:

Ushbu qoidalar to‘liq emas va istalgan vaqtda o‘zgartirilishi mumkin. Shuning uchun ushbu qoidalarni muntazam ravishda ko‘rib turishingizni so’raymiz.


*avvalgi forumimizda uchragan eng ko'p xatoliklar tagiga chizib ko'rsatildi
Rasm

Muxlisa2
Postlar: 1
Ro’yxatdan o’tgan: 11 may 2017, 07:20

Javob: Forumda amal qilish lozim bo'lgan qoidalar

Post Muxlisa2 » 11 may 2017, 07:24

Assalomu alaykum

Foydalanuvchi avatari
Дилдора Иброҳим қизи
Begoyim
Postlar: 1349
Ro’yxatdan o’tgan: 11 fel 2017, 03:59
Qayerdan: Наманган

Javob: Forumda amal qilish lozim bo'lgan qoidalar

Post Дилдора Иброҳим қизи » 12 may 2017, 03:46

Muxlisa2 писал(а):
11 may 2017, 07:24
Assalomu alaykum
:vaa:
Мухлисаҳон хуш келибсиз! :kapalaks:
  • لا حول ولا قوة إلا بلله

    Muqaddas Djo'rayeva
    Postlar: 2
    Ro’yxatdan o’tgan: 26 may 2017, 16:36
    Благодарил (а): 1 раз

    Javob: raxmat

    Post Muqaddas Djo'rayeva » 27 may 2017, 15:35

    Raxmat. Гулишода Роббим сиздан ва барча хамкасабалариздан рози булсин.
    Ассалому алейкум .Муслимаат.уз . Гулишода хайрият топдим савол йуллаш жойини (диб уйлиман) . Саволим шуки 1. Ут копини жаррохлик йули билан олдирган одамга руза тутиш мумкинми. 2Агар руза тутиш мумкин булмаса фидя бериши керак булади тугрими.
    3. Шу аёл бутун рузгор ташвиши узини буйнида булиб рузгорини базор тортаётган булса унда нима килади фидяни барибир бераверадими. Агар бериши шарт булса турмуш уртогига яни эрига соглиги учун ишлатишига берса буладими. Жавобиз учун олдиндан рахмат.Одинахон бу хайрли ишизда Роббим узи сиздан ва шу сайт жонкуярларидан рози булсин Омин.
    Последний раз редактировалось Muqaddas Djo'rayeva 13 iyun 2017, 06:39, всего редактировалось 1 раз.

    Foydalanuvchi avatari
    Gulshoda
    Администратор
    Postlar: 193
    Ro’yxatdan o’tgan: 02 mar 2017, 07:36
    Поблагодарили: 2 раза

    Javob: raxmat

    Post Gulshoda » 27 may 2017, 16:54

    Muqaddas Djo'rayeva писал(а):
    27 may 2017, 15:35
    Raxmat. Гулишода Роббим сиздан ва барча хамкасабалариздан рози булсин. Амин.
    Forum sizga yoqadi degan umiddaman. Alloh barchamizga manfaatli qilsin bu maskanni.

    Foydalanuvchi avatari
    Ruhona
    muslima
    Postlar: 74
    Ro’yxatdan o’tgan: 10 fel 2017, 12:13

    Javob: Forumda amal qilish lozim bo'lgan qoidalar

    Post Ruhona » 09 iyun 2017, 17:48

    Assalamu aleykum adminoy opalar! Forumda nickimi ozgartirmoqchiman profilimdan ozgartirsam akkauntga ozgargan ism bilan kiriladimi? Loginim shu ismda qolib nickimi boshqa ism qimoqchiman. Tushuntiroladim degan umiddaman☺️😳

    Foydalanuvchi avatari
    Oisha
    Администратор
    Postlar: 314
    Ro’yxatdan o’tgan: 01 fel 2017, 06:42
    Поблагодарили: 1 раз

    Javob: Forumda amal qilish lozim bo'lgan qoidalar

    Post Oisha » 10 iyun 2017, 13:46

    Vaalaykum assalom! Akkaunt - profilizga kirish ismingiz ham o‘zgaradi...
    Rasm

    Foydalanuvchi avatari
    Ruhona
    muslima
    Postlar: 74
    Ro’yxatdan o’tgan: 10 fel 2017, 12:13

    Javob: Forumda amal qilish lozim bo'lgan qoidalar

    Post Ruhona » 10 iyun 2017, 23:44

    Javobingiz uchun katta rahmat qilayotgan ishlaringiz uchun Alloh sizlardan rozi bolsin 😘

    Foydalanuvchi avatari
    Soliha
    muslima
    Postlar: 33
    Ro’yxatdan o’tgan: 12 may 2017, 12:33

    Javob: Forumda amal qilish lozim bo'lgan qoidalar

    Post Soliha » 29 sen 2017, 20:36

    AssalAamu alaykum. Forumga rasm joylab bolmayapti. Qanday joylasa boladi. Iltimos yordam bersanglar.
    !!!الحمدلله علي كل حال

    Foydalanuvchi avatari
    Benazir
    Begoyim
    Postlar: 373
    Ro’yxatdan o’tgan: 27 sen 2017, 14:40
    Qayerdan: Toshkent shahri

    Javob: Forumda amal qilish lozim bo'lgan qoidalar

    Post Benazir » 05 okt 2017, 10:31

    Assalomu alaykum .Bu forumga azo bulishini juda orzu qilgandim .Allohga behisob shukur yetishtirdi ilohim sizlar bilan iymonlashib yurishni bardavom qilsin
    :kapalaks: Hammasi yahshilikka

    Foydalanuvchi avatari
    Дилдора Иброҳим қизи
    Begoyim
    Postlar: 1349
    Ro’yxatdan o’tgan: 11 fel 2017, 03:59
    Qayerdan: Наманган

    Javob: Forumda amal qilish lozim bo'lgan qoidalar

    Post Дилдора Иброҳим қизи » 05 okt 2017, 20:27

    Soliha писал(а):
    29 sen 2017, 20:36
    AssalAamu alaykum. Forumga rasm joylab bolmayapti. Qanday joylasa boladi. Iltimos yordam bersanglar.
    :vaaa:
    Rasm.sb.uz га кириб жойлайсиз)))
    • لا حول ولا قوة إلا بلله

      Foydalanuvchi avatari
      Дилдора Иброҳим қизи
      Begoyim
      Postlar: 1349
      Ro’yxatdan o’tgan: 11 fel 2017, 03:59
      Qayerdan: Наманган

      Javob: Forumda amal qilish lozim bo'lgan qoidalar

      Post Дилдора Иброҳим қизи » 05 okt 2017, 20:29

      Benazir писал(а):
      05 okt 2017, 10:31
      Assalomu alaykum .Bu forumga azo bulishini juda orzu qilgandim .Allohga behisob shukur yetishtirdi ilohim sizlar bilan iymonlashib yurishni bardavom qilsin
      :vaa:
      Албатта амаллар ниятга боғлиқ! :ona:
      • لا حول ولا قوة إلا بلله

        Foydalanuvchi avatari
        Gulshoda
        Администратор
        Postlar: 193
        Ro’yxatdan o’tgan: 02 mar 2017, 07:36
        Поблагодарили: 2 раза

        Javob: Forumda amal qilish lozim bo'lgan qoidalar

        Post Gulshoda » 02 noy 2017, 05:25

        Assalomu alaykum. Forum foydalanuvchilari, iltimos, avval boshqa joyda qo'yilgan ma'lumotlarni qo'ymasangiz. Iloji boricha shaxsiy fikr-mulohazalar, tajribalaringizni o'rtoqlashsangiz.

        Javob yo’llash

        Hozir forumda online foydalanuvchilar

        Hozir forumda: ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchi yo’q va 1 mehmon