Muslimalar forumi - Ro`yxatdan o`tish

DIQQAT!
BU FORUM FAQAT MUSLIMALAR UCHUN.

Bismillahir Rohmanir Rohiym!

Shiorimiz: Ahli sunna va jamoa mazhabi asosida pok aqida va musaffo Islomga intilish, Qur’on va sunnatni o‘rganib amal qilish, islomiy ma’rifat taratish, salafi solih - ulug‘ mujtahidlarga ergashish, kengbag‘irlik va birodarlik ruhini tarqatish. Diniy savodsizlikni tugatish, ixtilof va firqachilikka barham berish, mutaassiblik va bid’at - xurofatlarni yo‘qotish.

Umumiy qoidalar

1. Forumimiz musulmonlarni hidoyatga chorlash, iymonlashish, har xil fitnalardan ogoh bo‘lish va e’tiqodimizni mustahkamlash va dinda mo‘tadil yo‘l tutish tamoyillariga asoslangan;
2. Forum ishtirokchilaridan o’zaro suhbat davomida, bir-birlariga amri ma’ruf – nahiy munkar qilishlari, o‘zaro nasihat qilish davomida “Robbingning yo‘liga hikmat va yaxshi mav’iza ila da’vat qil. Va ular ila go‘zal uslubda munozara qil. Albatta, Robbing O’z yo‘lidan adashganlarni o‘ta bilguvchi va hidoyat topguvchilarni ham o‘ta bilguvchidir.” (16.125) oyati karima (ma’nosi) ga amal qilishlari talab qilinadi;
3. Bu forumda ahli sunna val jamoaning barcha mazhab vakillari ishtirok etishlari mumkin;
4. Forumda ishtirok etish jarayonida namunali xulq va til nafosatini saqlash lozim.

Ro’yxatdan o’tish qoidalari:
1. Forumning ba’zi bo’limlarini faqat ro’yxatdan o’tgan a’zolargina ko‘ra oladilar, ba’zilarini esa ro’yxatdan o‘tmasdan, mehmon sifatida kuzatishlari mumkin.
2. Erkaklar ro’yxatdan o’tishlari man qilinadi.
3. Ro’yxatdan o’tayotganingizda qalbaki e-mail adreslardan foydalanmang, aks holda ma’muriyat tomonidan yuborilgan xabarlar sizga yetib bormaydi.
4. Bema’ni, haqoratli so‘zlar bilan ro’yxatdan o’tish man qilinadi.
Forum muhtasiblari bunday so‘zlar bilan ro’yxatdan o’tmoqchi bo’lganlarni forumga qabul qilmaydilar (tasdiqlamaydilar).
Ro’yxatdan o’tishda muammoga duch kelsangiz forum.muslimaat@mail.ru ga bog’laning